Насколько эффективна охрана природы в Узбекистане?

  • . Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining oʻrinbosari boʻlgan Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining tashkil topganiga 1 yil toʻldi. Oʻrmon xoʻjaligi oʻz eʼtiborini asosan maishiy chiqindilarga qaratgan: qanday qilib ularni yigʻishtirib olish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida boʻlib oʻtgan uchrashuvdagi ilk maʼruzalarda ham ayni shu haqda gapirilgan. 2017-yilning aprelida maishiy chiqindilarga boʻlgan munosabatni tubdan oʻzgartirish boʻyicha 2017-2021 yillar uchun kompleks dastur qabul qilindi. Markazdagi va joylardagi ekologlar maxsus texnika anjomlari, chiqindi yigʻish punktlari va poligonlari bilan shugʻullanmoqda. 97 ta poligonlar tashkil qilindi. Tuman markazlari va qishloq aholi punktlari aholisining necha foizi sanitar-tozalash xizmatlaridan foydalana olish haqidagi raqamlar ham eʼlon qilindi: ikki yil oldin 5% boʻlgan boʻlsa, hozirda 38% ni tashkil etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kredit mablagʻlari evaziga, 9 ta yirik shaharlarimizda, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha klasterlar tashkil qilinmoqda. Qiymati 40 million AQSh dollariga teng boʻlgan mablagʻ ajratilmoqda.

Gʻarb mamlakatlarida mutaxassislar namuna olish uchun har qanday tashkilot hududiga hech qanday toʻsiqlarsiz kira oladilar. Bu tekshirish emas, namuna olish deyiladi. Bu esa – suvdagi va quruqlikda jonzotlar va odamlar zaharlanmasligi uchun qilinadi. Avvalda Oʻzbekistonda ham shunday tizim yaratilgandi, keyin bu tartibni oʻzgartirishgan. Endi esa ekologlar aholidan shikoyat qilishlarni talab qilmoqda. Kimdir shikoyat qilsagina, voqea joyiga borib muammoni oʻrganish mumkin boʻladi. Hech kim shikoyat qilmasa, ekologlarda ham muammoni borib oʻrganish uchun sabab boʻlmaydi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, cheklangan vakolatlari boʻlishiga qaramasdan, Oʻzbekistonda atrof-muhitni zaharlovchi 16 mingta joyni monitoring qildi. Zaharlanishning belgilangan meʼyoridan oshib ketishi boʻyicha 700 tacha manbalar aniqlandi.

Zaharlovchi obyektlarga nisbatan umumiy qiymati 1,5 milliard soʻmga teng boʻlgan kompensatsion toʻlovlar va jarimalar solindi. 2245 ta obyektga nisbatan esa daʼvo arizalari kiritildi. Suv omborlariga quyiluvchi daryo qirgʻoqlari hududlaridan hokimlar tomonidan noqonuniy tarzda yer ajratib berilgan holatlar kuzatilgan va shunday hokim qarorlarining 300 tasi bekor qilindi. Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi buzilgan holatlar yuzasidan 5548 ta qonunbuzarlar aniqlangan va ulardan umumiy qiymati taxminan 2 milliard soʻmga teng boʻlgan jarima va zararlangan undirilgan.

Oʻtkazilgan press-konferensiyalarda, daraxtlarni noqonuniy tarzda kesishga qarshi qaratilgan ishlar boʻyicha statistika taqdim etildi: «Daraxtlarni noqonuniy kesish boʻyicha jismoniy shaxslardan 579 ta murojaat kelib tushgan. Umumiy, 2 mingdan ortiq qonun buzish holatlari aniqlangan va ulardan, oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, umumiy qiymati 1 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ undirilgan».


Oʻzbekistonning togʻli hududlaridagi daraxtlarning kesilishi aholining ulkan noroziligini keltirib chiqaryapti. «Qachon Davlat qoʻmitasi ruxsat berilgan   kesish ishlarini reestrga kiritadi va ularni oʻz rasmiy veb-saytiga joylaydi? Bu, Vazirlar Mahkamasining 2014-yildagi 290-sonli, «Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi» qarorida koʻrib chiqilgan».

Javob tariqasida esa, Davlat qoʻmitasi informatsion-analitik markazining kamchiliklari tuzatilayotgani aytilgan. «Berilgan ruxsatnomalar haqidagi maʼlumotlarni saytda maʼlum qilishni 3 oydan keyin yoʻlga qoʻyamiz». – «Daraxtlarni kesish haqidagi «kelishuvlar va muvofiqlashtirish» haqida maʼlumotlar saytda joylashtiriladimi, yoʻqmi?» Mana toʻrt yildirki, tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari ruxsat bermayotganini, balkim kelishuv qilayotgani va muvofiqlashtirayotganiga hammani ishontirmoqchi boʻlib kelyapti. «Ruxsatnoma esa hokimiyatlar qoshidagi «yagona darcha» orqali beriladi». Press-konferensiyada ayni oʻsha, harakatsizlikni oqlovchi bahonani eshitdik.

Fuqarolarning fikricha bu – javob berishdan va javobgarlikdan qochishdir. Bu haqda fuqarolar nomidan jurnalistlar press-konferensiyada aytib oʻtishdi. 290-sonli (2014-y.) Qarorga kiritilgan ilovaga Vazirlar Mahkamasi oydinlik kiritib oʻtishicha, mazkur ruxsat beruvchi xarakterdagi hujjat bu –ruxsat beruvchi va muvofiqlashtiruvchi shakldagi qarordir. Reestrda joylangan ruxsatnomalar tanishib chiqish uchun hammaga ochiq: ham jismoniy, ham yuridik shaxslarga.

Yana bir tahlikali savol tugʻiladi: «Qanday mezonlarga koʻra kadrlar tanlab olinadi? Oʻsha kadrlar zarur bilimlarga egami? Ular oʻzlarining tabiatni muhofaza qilishdek burch va majburiyatlarini anglab yetadimi?

Toshkentdagi «Botanika bogʻi» dagi daraxtlar kesilayotganda ham kadrlar masalasi koʻtarilgandi. OAV ikki marta, 2017-yilning qishida va kuzida, daraxtlarning noqonuniy kesilayotgani yuzasidan xavotirli shov-shuv koʻtargandi. Jurnalistlar ikki marta, Davlat qoʻmitasi xodimlari bilan «Botanika bogʻi»ga borishdi.

Ikki holatda ham Bogʻ maʼmuriyati daraxtni kesish uchun ruxsatnomani taqdim qilolmagan va javobgarlikka tortilmagan. Ekologlarni asfalt yoʻl boʻylab yurib, kesilgan daraxtlarning toʻnkalari sonini sanashga chaqirishga majbur boʻlingan. Ekologlarni boshqa qonunbuzarliklarga ham eʼtiborlarini qaratish uchun, jurnalistlar «Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi» Qonundan iqtibos keltirgan: «Botanika bogʻlarida ularning rivojlanishiga mos kelmaydigan va oʻsimlik dunyosini saqlab qolishga xavf soladigan faoliyatlar taqiqlanadi». Shunda ham natija boʻlmadi. Yosh xodimlar oʻz kasbida kompetensiyaga ega emaslar – hattoki voqea joyida protokol ham tuzmadi. Buxoro viloyatida joylashgan «Jayron» eko-markazi haqida gap ketganda ham kadrlar borasida savollar tugʻildi. Mazkur eko-markazning hududidan avtomobil yoʻli oʻtgan boʻlib, markaz hududi ikkiga boʻlingan.

Birinchi hududning atrofi 1977-yilda, «Jayron» eko-markazi tashkil topgan paytda toʻsiqlar bilan oʻralgan. Keyinchalik eko-markazga ajratib berilgan ikkinchi hududning atrofi esa oʻralmagan. Atrofi oʻralmagan mazkur hududni nazorat qiluvchi videokameralar esa ishlamaydi. Braknoerlik avj olgan, markaz hududi borgan sari egallab olinyapti. 40 yil davomida markaz tomonidan belgilangan vazifalar unutilishi asnosida, shlakoblokdan toʻsiq qurilyapti: turistlar uchun tantanali kirish darvozasi bor-u, lekin turistlarni kutib oladigan va ekskursiya uyushtiradigan hech kim yoʻq.

Mazkur masalaga javob tariqasida, hattoki AQShdan ham mutaxassislar jalb etilishi aytib oʻtildi. Eko-markazga yetarli bilim va ilmiy salohiyatga ega boʻlgan oʻzbekistonlik botaniklar va zoologlar ishga olinadimi, yoʻqmi – nomaʼlum.

 

Loyihalar
Yashil Kelajak
O'zbekistonimizga yashil kelajakni sovg'a qilaylik!
Адрес:
Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'chasi, 12A
Ish grafigi:
Du-Ju 9:00 dan 18:00 gacha
Sha-Yak 10:00 dan 17:00 gacha
Savollaringiz bormi?Bizga murojaat qiling!
Sizni qiziqtirayotgan savollarni barchasiga javob beramiz