2015-yil soʻngida Fransiya poytaxtida BMT ning navbatdagi konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda, parlovchi gazlarini havoga uchirib yuborish amaliyotini kamaytirish borasida uzoq muddatli strategiya belgilab olindi. Asosiy moʻljal bu – sayyoramizning isish darajasini 1,5-2 daraja Selsiyda ushlab turish.
GLOBAL ISISHNING SABAB VA OQIBATLARI
Global isish bu – butun Yer shari boʻylab oʻrtacha haroratning oshishiga aytiladi. XIX asrning oxirlaridan boshlab harorat oʻzgarishlarini qayd etish anʼanasi yoʻlga qoʻyilgan. 100 yilning oʻzidayoq okean va quruqliklar ustidagi harorat umumiy 0,8 gradusga oshgan. Olimlarning taxminiga koʻra, XXI asrda umumiy harorat yana 2 gradusga oshishi mumkin. Ayrim pessimistik taxminlarga koʻra esa 4 gradusga oshishi ehtimoli bor.
Hattoki havo haroratining arzimas darajada koʻtarilishi ham keyinchalik tiklab boʻlmas oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yer sharining umumiy harorati koʻtarilishi allaqachon quyidagi oqibatlarga olib keldi:
Dunyo okeanlarining umumiy sathi 14 santimetrga koʻtarildi.
Bir yil davomidagi sovuq kunlarning soni qisqardi.
Kuchli shamol va boʻronlarning kuchi va soni oshdi.
Potsdam Universiteti olimlarining iqlim tadqiqotlari boʻyicha olib borgan izlanishlari shuni koʻrsatadiki, global isishning asosiy sababi bu atmosferamizdagi karbonat angidrid gazining konsentratsiyasi oshishi sabablidir. Ushbu haqiqatni boshqa davlatlarning tashkilotlari, hamda xalqaro tashkilotlar ham, tasdiqlashdi.
Tabiatda aylanish jarayoni cheksiz davom etadi, yaʼni bir mamlakatdagi ekologik buzilish – boshqa hududlardagi falokatli holatlarga sabab boʻladi. Okean oqimlariga va havo ifloslanishiga toʻsiq qoʻyish ilojsiz, shuning uchun sayyoramizning ahvoliga barcha davlatlar birdek masʼuldirlar.
INSONIYATNI KELAJAKDA KUTAYOTGAN MUAMMOLAR
Olimlar taxminlariga koʻra, haroratning oshishi salbiy oqibatlar jarayonini faqatgina kuchaytiradi:
Okean sathining koʻtarilishi koʻpgina yerlar va aholi punktlarining suv ostida qolishiga olib keladi.
Yomgʻirlar davomiyligi va kuchining oshishi katta suv toshqinlariga sabab boʻladi. Bu paytda esa, sayyoramizning boshqa hududlarida katta qurgʻoqchilik oddiy holga aylanib qoladi.
Klimat oʻzgarishi qishloq xoʻjaligi sohasini ham qiyin ahvolga solib qoʻyadi. Yer shari aholisi koʻpayib borayotganini hisobga olsak, oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi ehtimoli yanada oshadi.
Koʻp hayvonlar oʻzlariga mos qulay sharoit izlab migratsiya qilishga majbur boʻlishadi. Ayrim kam sonli turlar esa butunlay yoʻqolib ketishi ham mumkin.
Hozirdanoq, «Irma» va «Harvi» kabi boʻronlar minglab odamlarning hayotiga zomin boʻlib, yuzlab uylarni vayron qilmoqda. Ayni damda kuzatilayotgan, mamlakatlar iqtisodiy yoʻqotishlarining deyarli 90 foizi sel, suv toshqini, boʻron va qurgʻoqchilik kabi tabiat hodisalari tufayli roʻy bermoqda. Salbiy ekologik holat va anormal issiq harorat saraton bilan kasallanishlar, allergiya va yangi turdagi viruslar soni oshishiga sababchi boʻlyapti.
2015-yil soʻngida Fransiya poytaxtida BMT ning navbatdagi konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda, parlovchi gazlarini havoga uchirib yuborish amaliyotini kamaytirish borasida uzoq muddatli strategiya belgilab olindi. Asosiy moʻljal bu – sayyoramizning isish darajasini 1,5-2 daraja Selsiyda ushlab turish.
«YASHIL ENERGETIKA» – YER SAYYORASINI QUTQARISH UCHUN IMKONIYAT
Neft, koʻmir va gazning oʻrnini bosa olishi mumkin boʻlgan alternativ energiya manbalari allaqachon insoniyatga ayon. Yashil energetika – ayni ekologik holatni yaxshilay oladi, yoki, hech boʻlmaganda, global isish jarayonini sekinlashtiradi. Buning uchun, avvalambor, parlovchi gazlarni atmosferaga tarqalishini qisqartirish va sanoat korxonalarida zamonaviy havo tozalovchi tizimlarni oʻrnatish lozim, oʻsha sanoat korxonasi joylashgan mamlakatlarning rivojlanganlik darajasidan qatʼiy nazar.
Anʼanaviy yoqilgʻi turlaridan voz kechib, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ommalashtirishni bugungi kunda – iloji bor! Elektr toki yordamida harakatlanuvchi avtomobillar bozorining ulushi yildan-yilga oshib bormoqda. Buning evaziga esa, odamzod yangi ish oʻrinlari, biosferamiz muhofazasi, musaffo havo va salomatlikka erishadi.
«Heptapolis GreenEnergy Solution» kompaniyasi global isishga qarshi kurashish uchun qiziq bir taklifni oʻrtaga tashladi (http://www.heptapolisenergy.com/). Birinchidan, mazkur kompaniya energiya samaradorligini va yashil energetika koʻlamini oshirish uchun innovatsion texnologiyalar ishlab chiqdi:
Faqatgina quyosh energiyasi hisobiga ishlaydigan atom yoritish tizimi.
Elektr energiyasini 85% dan ziyod miqdorda tejay oladigan atom klimat tizimi. Bunda, kompressor va vertikal konstruksiyaning yoʻqligi qoʻl keladi.
Hech qanday qazilma yoqilgʻi talab etmaydigan atom elektrogeneratori.
«Heptapolis» kompaniyasining ikkinchi, muhim innovatsion loyihasi – anʼanaviy investitsiya shaklidan voz kechish hisoblanadi. Dastlabki investitsiya summasi bor-yoʻgʻi 100 yevroni tashkil etadi.
«Heptapolis»ning biznes-gʻoyasi – blokcheyn texnologiyasi yordamida himoyalanadigan yagona ekosistema yaratishdan iborat. Barcha investorlar belgilangan miqdorda jetonlar (token) oladi. Jetonlar qiymati esa investor kiritgan summa qiymatiga teng boʻladi. Jetonlar qiymati, oʻz navbatida, real, qimmatbaho ishlab chiqarish obyektlari va tovarlari qiymati bilan mustahkamlanadi. «HeptapolisHumanitarian Energy Coin» (http://heptapolis.io/) loyihasi ishtirokchilarining bir narsaga ishonchi komil – ularning loyihasi nafaqat sayyoramiz ekologik holatini yaxshilashda qoʻl keladi, balkim dunyodagi barcha aholining mavjud muammolariga eʼtiborni jalb qiladi.
Global isish bu – barchamizning umumiy muammomiz boʻlib, uni faqat bir-birimizni xabardor qilibgina hal qilish mumkin. Harorat oshishini toʻxtatish bu – butun insoniyatga yashab qolish imkoniyatini berish demak. Yaqin kelajakda odamlar hal qilishi kerak boʻlgan masalalar:
Jismoniy va yuridik shaxslar alternativ energiya manbalarini oʻrnatib olishlari uchun ularga chegirma va soliq imtiyozlarini taqdim etish.
Parlovchi gazlarga oid qatʼiy qonunchilik normalarini tuzib chiqish va soliq solish.
Elektr tejovchi texnologiyalar sohasini rivojlantirish va investitsiya kiritish.
Elektro-avtomobillardan foydalanishni ragʻbatlantirish.
Sayyoramiz tabiati va mavjud resurslar bilan ehtiyotkorona muomala qilishni oʻrgatuvchi tadbirlar oʻtkazish va targʻibot qilish.
Yashil energiyaga oʻtish bu – bizning kelajagimizdir.