"Небесная река" — Китай создаст искусственный дождь небывалой силы.

"Samoviy daryo" - Xitoy misli ko'rilmagan o'lchamlardagi sun'iy yomg'irini yaratadi.

dojd

Xitoy – Tibet togʻliklarining quyi hududlarida suv choʻkindilari koʻlamini oshirmoqchi va buning uchun tajriba tariqasida insoniyat tarixidagi eng yirik sunʼiy yomgʻir hosil qilishmoqchi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, loyiha – bir necha oʻn minglab tutun chiqaruvchi fakellarni butun Tibet boʻylab oʻrnatishni oʻz ichiga oladi. Bu bilan suv choʻkindilari koʻlamini yiliga 10 milliard kubometrga oshirish kutilyapti – «Tyanxe» (Osmon daryosi) nomli loyiha rejasining amaliy tatbigʻi aynan shunday koʻrinishga ega boʻladi. Mazkur loyiha 2016-yildayoq Sinxua universiteti ishlab chiqilgandi va bundan 1,6 million kv/km hududni suvlashtirish maqsad qilingan edi.

Taxmin qilinishicha, mazkur «Tibet loyihasi» ning fakel qurilmalari oʻz tutunlari orqali atmosferaga kumush yodid zarralarini sochadi va shamol bu zarralarni bulutlar tomon uchirib olib ketadi – natijada yomgʻir hosil boʻladi. Ayni damga kelib, Tibet qiyaliklarida, Sinsyanda va boshqa ayrim hududlarda 500 dan ortiq shu kabi fakel qurilmalari oʻrnatilib boʻlingan», - deya tadqiqotchilardan birining gapidan iqtibos keltiradi «South China Morning Post» nashri -«Va, fakellar ekspluatatsiyasidan shu paytgacha olingan natijalardan judayam samarali boʻlishi kutilmoqda».

Tajriba qachon nihoyasiga yetishi nomaʼlum, lekin bu ulkan rejaning koʻlamini inobatga oladigan boʻlsak, hamda «barcha uchun foydali» deya eʼlon qilinayotgan bayonotlar shundan darakki – biz bu haqda hali yana koʻp eshitamiz.

 

Loyihalar
Yashil Kelajak
O'zbekistonimizga yashil kelajakni sovg'a qilaylik!
Адрес:
Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'chasi, 12A
Ish grafigi:
Du-Ju 9:00 dan 18:00 gacha
Sha-Yak 10:00 dan 17:00 gacha
Savollaringiz bormi?Bizga murojaat qiling!
Sizni qiziqtirayotgan savollarni barchasiga javob beramiz