menejment maktabi
So'rovni qoldiring va biz siz bilan tez orada aloqaga chqamiz!
«Green future» - Oʻzbekistondagi innovatsion loyiha boʻlib, respublikamiz oʻrmon xoʻjaliklari xodimlarining malakasini oshirish uchun oʻrmonshunoslik maktablarini tashkil qilish bilan shugʻullanadi.
Shu bilan birga, tabiatni muhofaza qilish boʻyicha bilim va koʻnikmalarni, ekologik madaniyatni oshirish sohasida madaniy va maʼrifiy ishlar koʻlamini oshirishdek muhim vazifalar ham tashkilotimiz faoliyatida katta rol oʻynaydi.
Bundan tashqari, tashkilotimiz atrof-muhit muhofazasini yaxshilash borasidagi sharoitlarni yaxshilash uchun, jismoniy va yuridik shaxslardan moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa turdagi resurslarni jalb qilish bilan ham shugʻullanadi.
⠀
"Green Future" – nodavlat tashkilot boʻlib, Respublikamizning umumiy ekologik holatini taʼminlash va yaxshilashni oʻz oldiga maqsad qilib olgan.
⠀
Kelajak avlodlar uchun yaxshi sharoit yaratish. Bu yoʻlda, yaʼni tabiatni muhofaza qilishda, davlat tashkilot va idoralariga koʻmaklashish, hamda jamoatchilikni jalb qilish.
⠀
Biz bir nechta yoʻnalishlarda faoliyat yuritamiz va belgilangan vazifalarni bajarishdan ogʻishmaymiz va bu yoʻlda bajarayotgan ishlarimizda halollik, oshkoralik va shaffoflik eng birinchi oʻrinda turadi.