NTM "Green World Future" va bizning qadriyatlarimiz
Biz bir nechta yoʻnalishlarda faoliyat yuritamiz va belgilangan vazifalarni bajarishdan ogʻishmaymiz va bu yoʻlda bajarayotgan ishlarimizda halollik, oshkoralik va shaffoflik eng birinchi oʻrinda turadi.
Yurtdoshlarimizning vatanparvarlik tuygʻusi ila – ayni damdagi holatni oʻzgartirishga, farzandlarimizga yanada yaxshiroq hayotni tuhfa qilishga va oʻzlarining yaxshi amallari bilan tabiatga nisbatan hurmat va muhabbat hislarini oshirishga boʻlgan intilishlarini qadrlaymiz.
Biz, maqsadga muvofiq harakatlarimiz bilan, resurslarni samarali taqsimlashga va bundan maksimum natijalarga erishishga intilamiz.
-
Oʻrmonchilik boʻyicha menejment maktabi
Taʼlim berish – mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos, eng muhim jihati hisoblanadi. Ular jumlasiga: seminarlar, treninglar va turli xil master-klasslar kirib, mazkur jarayonda, oʻrmon xoʻjaligi xodimlarining malakasini oshirish maqsadida chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi. Tashkilot rejalarida kutilayotgan yana bir yangilik: Oʻzbekistonda ilk bor, 6-16 yoshli bolalar uchun «boyskautlar maktabini» ochishdir. Ushbu maktabning asosiy maqsadi – yosh bolalarda tabiatga nisbatan muhabbat hisini uygʻotish va hayotning turli, atrof-muhitga daxldor sohalarida bolalarning salohiyati va ichki isteʼdodini kashf qilishdan iborat – xoh u jonzotlarga koʻmak berish boʻlsin, xoh togʻ hududlari flora va faunasini oʻrganish boʻlsin.
-
Oʻrmonzorlarni qayta jonlantirish boʻyicha loyihalar
Ushbu loyihalardan maqsad – Oʻzbekiston Respublikasidagi tanazzulga uchragan oʻrmon landshaftlarini qayta tiklash va turli-tuman daraxt navlaridan foydalanib, chidamli va jozibador rekreatsion koʻchatlarni oʻtkazish orqali tabiiy oʻrmon florasiga mos keladigan sunʼiy tiklash modelini ishlab chiqish. Biz oʻrmon va qoʻriqxonalarimiz holati ustida ishlayapmiz va qoʻlimizdan kelgancha mamlakatimizni koʻkalamzorlashtirish uchun harakat qilmoqdamiz.
-
Omma xabardorligini oshirish
Kun sayin sayyoramizning ekologiyasi masalasi keskinlashib bormoqda va koʻpgina muammolarni bir yoqadan bosh chiqaribgina hal qilish mumkin. Atrof-muhit yomonlashib borayotgani, ekologik krizisning oldini olish choralarini koʻrish naqadar zarur ekanligini keng jamoatchilikka yetkazish oʻta muhim boʻlib; mamlakatning oʻrmon resurslarini qayta tiklash, mavjudlarini saqlab qolish va boyitish istagida boʻlgan koʻngillilarni, homiylarni iloji boricha koʻproq jalb qilish shular jumlasidandir. Respublikamizni koʻkalamzorlashtirish va atrofimizni oʻrab turgan yashil tabiatini saqlash borasidagi asosiy vazifalarimizni hayotga tatbiq qilish yoʻlida, jamoatchilik eʼtiborini jalb qilish uchun, ixtiyorimizdagi barcha vosita va usullardan foydalanishga harakat qilyapmiz.