А вы знаете что является самым крупным организмом на нашей планете?

1

«General Sherman» nomli daraxt – hajmi jihatdan sayyoramizdagi eng yirik va eng ogʻir mavjud tirik organizm hisoblanadi. Biroq u insoniyat tarixidagi eng baland sekvoya (lotin. Sequoia) ham, eng baland sekvoyadendron (lot. sequoiadendron giganteum) ham emas. Eng baland sekvoya rekordi «Giperion» daraxtiga tegishli boʻlib, u hamisha-yashil sekvoya turiga mansub. Eng baland sekvoyadendronlarga namuna boʻla oluvchi 95 metrlik daraxtlar borligi maʼlum lekin ular hajm jihatdan kichikroq. Yana bir mashhur, 1940-yillarning oʻrtalarida kesilgan «Gigant Krennell-Krik» (ingl. Crannell Creek Giant), hamisha-yashil sekvoya turiga mansub daraxt ham bor. U – Trinidad shahri atrofida oʻsgan va hajm jihatdan «General Sherman» dan 15-25% ga koʻproq.

«General Sherman» oʻz hajmi bilan Yer sharidagi eng yirik daraxt boʻlib, uning uzunligi 83,3 metr, tanasi hajmi 1487 kubometrga teng. Massasi 1900 tonna, yoshi esa 2300-2700 yil atrofida.

 

Keling, yaqinroq ko'rib chiqamiz ...

2

XIX asrda tadqiqotchi Jon Myur (John Muir) ulkan sekvoyalar oʻsadigan hududga duch kelib, shu turdagi ulkan daraxtlar oʻsuvchi hududni «Gigant oʻrmon» deb nomlagan. Qoʻriqxonaning ayni shu qismidagi «Gigant oʻrmon» nomi bugungi kungacha saqlanib qolgan. Oʻz oʻlchamlari bilan hayratga soluvchi General Shermanni turistlar «tepasini koʻrish ilojsiz boʻlgan qizgʻish-apelsin rangli «tosh», deb tasvirlaydilar.

AQSh Fuqarolik urushi qahramoni boʻlmish General Uilyam Sherman (William Sherman) sharafiga nomlangan ushbu daraxtni koʻrish va uning yonida suratga tushish uchun turistlar atayin shu daraxt joylashgan qoʻriqxonaga tashrif buyuradi. Bu daraxtning yonida ular oʻta zaif va mayda boʻlib koʻrinadilar.

3

Uzoq vaqt davomida General Shermanning yoshi 3 ming yildan ortiq, deb oʻylan kelishgan, lekin soʻngi tadqiqotlar uning aniq yoshini aniqladi – roppa-rosa ikki ming yil. Demak u, dunyodagi eng yoshi ulugʻ daraxt emas.

Shu paytgacha aniqlangan, dunyodagi eng koʻp umr koʻrgan daraxt bu qaragʻayning noyob, "kaliforniya" turi hisoblanadi. 1965-yilda uni kesishganda u 4484 yoshda edi. Bundan tashqari, yoshi taxminan 3 ming yillarga teng boʻlgan boshqa sekvoyalar ham kesib yuborilgan. Taxminlarga koʻra, Yer yuzida 5 ming yillik daraxtlar hali ham mavjud boʻlishi kerak.

2006-yilning qish faslida General Sherman tanasining bir qismidan ayrildi -- uning eng ulkan shoxi sinib tushdi. Oʻsha shoxning diametri 2 metr atrofida, uzunligi esa 30 metr edi.

4

Daraxtning umri tugayaptimi, deb olimlar xavotir ola boshladi. Lekin keyinchalik, bu voqea daraxtning holatida muammo borligini bildirmasligi, aksincha, bor-yoʻgʻi, noqulay ob-havo sharoitlaridagi tabiiy himoyalanish mexanizmi boʻlishi ham mumkin, degan toʻxtamga kelishdi.

Daraxtning shoxlari yerga qulaganda, daraxtni atrofini oʻrab turuvchi panjaralarga shikast yetdi va daraxtga eltuvchi yoʻlni toʻsib qoʻydi. Lekin shundan soʻng ham General Sherman daraxti sayyoramizdagi eng ulkan daraxt maqomini saqlab qoldi.

«General Sherman» daraxtiga eltuvchi yoʻl maxsus jihozlangan boʻlib, imkoniyati cheklangan odamlar ham borib, mazkur moʻjiza guvohiga aylanishlari mumkin. Yoʻlakning oxirida, daraxtning ildizi qayergacha borishini anglatuvchi gʻisht plitkalari joylangan.

5

Daraxt tanasining diametri har yili deyarli 1,5 santimetrga kattaradi. «General Sherman» hamon avvalgidek oʻsishda davom etmoqda. Kaliforniya Milliy qoʻriqxonasining veb-saytidagi maʼlumotlarga koʻra, har yili daraxtga 5-6 xonali uy qurishga yetadigan hajmda yogʻoch qoʻshilib boradi.

Ulkan sekvoyalarning uzoq umr koʻrishining sirlaridan bir bu ularning yoʻgʻon va olovga chidamli mustahkam qobigʻidir. Lekin, Kaliforniyadagi yongʻinlarda sekvoyalar yonib ketgan holatlar ham uchrab turadi.

6

Sekvoya (ilmiy nomi – gigant sekvoyadendron) daraxti qancha umr koʻrishini hech kim aytib berolmaydi, lekin tadqiqotchilar bu yerda yoshi 3 ming yil deb hisoblanadigan daraxtlarni ham uchratib turadi. (Taxminan ayni shu davrlarda Yevrosiyo hududida odamlar mis va bronzaga ishlov berishni oʻzlashtirgan).

7

Hech oʻylab koʻrganmisiz – bu kabi daraxt qancha miqdorda kislorod ishlab chiqarishi mumkin? Yiliga 120 kg. – bu 3-4 nafar aʼzolardan iborat bir oilaning butun umri uchun yetarli boʻladi!

8

Shu bilan bogʻliq bir nechta raqamlar. Daraxtning yer qismidagi tanasining aylanasi 31,3 metrga teng. Qobigʻining qulochi 39,6 metr. Draxtning umumiy massasi – 1910 tonna, tanasining ogʻirligi – 1121 tonna.

Loyihalar
Yashil Kelajak
O'zbekistonimizga yashil kelajakni sovg'a qilaylik!
Адрес:
Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'chasi, 12A
Ish grafigi:
Du-Ju 9:00 dan 18:00 gacha
Sha-Yak 10:00 dan 17:00 gacha
Savollaringiz bormi?Bizga murojaat qiling!
Sizni qiziqtirayotgan savollarni barchasiga javob beramiz