ООН: Мировой океан - легкие планеты, которые нужно охранять.

  • Arktika va Antarktikadagi ifloslanish, baliqlarni ovlash, oksidlanish, suv haroratining koʻtarilishi, suv osti shovqini va muzliklarning erishi dunyo   okeanlariga mislsiz xavf tugʻdirdi. BMT General-sekretari Antoniu Guterresh oʻzining yangi maʼruzasida, okeanlarni himoya qilish uchun xalqaro hamjamiyatni tezkor choralar koʻrishga chaqirmoqda
    Dunyo okeanlari – sayyoramizning eng katta kislorod ishlab chiqaruvchi «oʻpkalari». Okeanlar global iqlimni bir maromda ushlab turishga yordam beradi va ular asosiy suv manbayi hamdir. Sayyoramizdagi jamiki tirik jon: suv ostidagi marjon qoyalardan tortib to togʻ choʻqqisidagi qorliklar, oʻrmonlar va daryolargacha – dunyo okeanlari tufaylidir. Bundan tashqari, okeanlar atmosferadagi parlovchi gazlar miqdorini pasaytirib, butun odamzodga foyda keltiradi.

«Okeanlar holati hech qachon hozirgichalik xatarli boʻlmagan», – deya ogohlantiradi Antoniu Guterresh, oʻzining Dunyo okeanlariga bagʻishlangan yangi maʼruzasida.

Xalqaro hamjamiyatning suvliklarni, dengiz resurslarini va okeanlar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan saʼy-harakatlariga qaramasdan, odamzod hamon koʻpgina oqibatlardan azob chekmoqda: atrof-muhit ifloslanishi (avvalambor plastik tufayli), baliqlar ovlanishi, suv osti shovqinlari, suvning oksidlanishi va boshqa muammolar shular jumlasidandir.

«Hozirda xalqaro hamjamiyat, har qachongidanda koʻra, avvalo okeanlar muammosini hal qilishga eʼtibor qaratishi lozim. Buning uchun kompleks, koʻp taraflama va koʻp sektorli yondashuv zarur», – deyiladi maʼruzada.

1950-yilda Yerda 2,5 milliardni tashkil etgan aholi – 1,5 million tonna plastik ishlab chiqargan. 2016-yilda esa sayyoramiz aholisi 7 milliarddan oshgan va plastik ishlab chiqarish 300 million tonnaga yetgan – bu esa oʻz oʻrnida suvliklardagi oʻsimlik va jonzotlar olamini falokatli oqibatga olib kelgan. Okeanlarning plastiklardan katta koʻlamda ifloslanganini inobatga oladigan boʻlsak, okeandagi jonzotlar allaqachon plastik chiqindilardan zararlangan, xoh toʻgʻridan-toʻgʻri, xoh oziq-ovqat zanjiri orqali, mayda okean jonzotlarini ham oʻz domiga tortgan holda. Vaziyat shu surʼatda davom etadigan boʻlsa, 2050-yilga kelib okeanlardagi plastiklar ogʻirligi undagi baliqlar ogʻirligidan oshib ketadi.

General-sekretarning maʼruzasida qayd etilishicha, Dunyo okeanlarini muhofaza qilish ishlarida oʻsishga erishilgan. BMT Bosh Assambleyasi dengizliklar ekosistemasining ifloslanishini oldini olishga qaratilgan rezolyutsiyani qabul qildi. Butun dunyo boʻylab, okeanlarni plastiklardan tozalashga qaratilgan choralar koʻrilmoqda. Shunday boʻlsa ham, dunyo okeanlarining insoniyat hayoti va sogʻligʻi uchun qanchalik muhimligini odamlar hali toʻliq anglab yetmagan.

Loyihalar
Yashil Kelajak
O'zbekistonimizga yashil kelajakni sovg'a qilaylik!
Адрес:
Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'chasi, 12A
Ish grafigi:
Du-Ju 9:00 dan 18:00 gacha
Sha-Yak 10:00 dan 17:00 gacha
Savollaringiz bormi?Bizga murojaat qiling!
Sizni qiziqtirayotgan savollarni barchasiga javob beramiz